Nordongina limonning foyda va zararlari haqida bilasizmi?
Foydali
−
16 iyun 2021
32052Limon — 5-8 metrgacha bo‘lgan, doim yashil bo‘lib turadigan sitrus daraxtining mevalari. Hindiston, Xitoy va Tinch okeanining tropik orollari uning vatani hisoblanadi.
Limon deyarli butunlay suvdan iborat bo‘lib, u inson tanasi uchun foydali bo‘lgan ko‘plab moddalarga boy. Meva tarkibida askorbin kislotasi (0,085 foizgacha), shuningdek, A, E, D, R vitaminlari va B guruhi vitaminlari mavjud. Limon tarkibida temir, mis, kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, rux, bor, flavonoidlar, fitonsidlar, glikozidlar, pektin bor.
Limonning foydali xususiyatlari
Ikki osh qoshiq limon sharbati odamning C vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojining yarmini qoplaydi, bu o‘z navbatida immunitet tizimini mustahkamlaydi, organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi, yaralarni davolashni tezlashtiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, toksinlardan tozalaydi, gormonlar sintezida ishtirok etadi, qon bosimini pasaytiradi.
Shuningdek, limon odamni tetiklashtiradi, charchoq va uyquchanlikni ketkazadi, ko‘ngil aynishiga qarshi kurashadi, ichak harakatini yaxshilaydi, yoshartiradi, vitamin yetishmovchiligida yordam beradi. Teriga kosmetik oqartirish effekti beradi va yog‘ bezlarini boshqaradi.
Limonning potensial foydalari quyidagilar: insult xavfini kamaytirish; saraton rivojlanishining oldini olish; teri rangini yaxshilash; astmaning oldini olish.
Limonning zararlari
Ushbu mevalar kuchli allergenlardir. Limonning zarari shundaki, u dermatitni keltirib chiqarishi va ko‘p miqdordagi kislotalar tufayli tish emaliga zarar yetkazishi mumkin. Shakar miqdori yuqori bo‘lgani sababli mahsulot diabet va oshqozon yarasi bilan og‘rigan odamlarga tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, u oshqozon osti bezi ishiga ham aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Limonning foydali xususiyatlariga ehtiyoj sezilgan taqdirda ham uni me’yorida iste’mol qilish kerak.
LiveBarchasi