Norchayev Portugaliya vizasi tayyor bo‘lishini kutmoqda

Sport

image

Avvalroq, "Alaniya" klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Husayn Norchayev faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi.

Hozirda Norchayev Portugaliya vizasi tayyor bo‘lishini kutmoqda. Shundan so‘ng 22 yoshli hujumchi Braga shahriga yo‘l oladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Norchayev Portugaliya chempionatida to‘p tepgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lmaydi. Bungacha mazkur chempionatda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Sardor Rashidov ham to‘p tepgan. Rashidov Madeyra shahrining “Nasonal” jamoasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 3 ta gol yozdirib qo‘ygan. 

Ma’lumot uchun, Husayn Norchayev oxirgi mavsumni ijara asosida Farg‘onaning “Neftchi” klubida o‘tkazib, 15 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 400 ming yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Braga Husayn Norchaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing