Norboyeva Tojikiston Parlamenti raisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Tojikiston Respublikasi Parlamenti raisi O‘zbekistonga keldi. Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyandagon Majlisi Oli Raisi Shukurjon Zuhurov bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda Tojikiston O‘zbekistonga eng yaqin qo‘shni mamlakatlardan biri ekani ta’kidlangan. Ikki mamlakatni umumiy tarix, o‘xshash ma’naviy qadriyatlar bog‘lab turadi. O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari qadimdan birga yashagan va ravnaq topgan, shuning uchun yaqin qo‘shnichilik hamda bir-birini hurmat qilish an’analari bugun ham turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo munosabatlar faollashdi. O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini chuqurlashtirish, amaliy aloqalar samaradorligini oshirish, shuningdek ikki tomonlama kelishuvlar ijrosini amalda nazorat qilishning muhim mexanizmlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

“O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlararo munosabatlari ikki tomonlama hamkorlik formatida ham, parlamentlararo tuzilmalar doirasida ham sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilishiga ishonchim komil”, deydi Shukurjon Zuhurov.

Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi va rag‘batlantirilishi ham sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga, eng muhim masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishga, shuningdek qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan Tanzila Norboyeva ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi do‘stlik parlamentlararo guruhining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan majlisi muvaffaqiyatli o‘tishiga tilak bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva O'zbekiston-Tojikiston Shukurjon Zuhurov

Baholaganlar

12

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing