Norboyeva byudjet masalasida mahalliy hokimliklarni keskin tanqid qildi
Jamiyat
−
06 yanvar 2021
4221Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva byudjet mablag‘lari masalasida mahalliy hokimliklarni keskin tanqid qildi.
“Sarflab bo‘lingan byudjetni hokimlar tasdiqqa olib kiryapti. Bu noto‘g‘ri. Mahalliy kengashlar bunga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Umuman olganda, byudjetni ijroga yo‘naltirishga ruxsat berish kerak”, deydi Senat raisi.
Tanzila Norboyeva Respublika darajasida tartib-tamoyilga amal qilinib, mahalliy hokimliklarda esa, amal qilinmasligini keltirib o‘tdi.
“Nega Respublika byudjeti bir tiyin mablag‘ini Oliy Majlis quyi palatasi va Senat orqali tasdiqlanib, qonun sifatida Prezident tomonidan imzolanganidan keyin sarflay boshlaydi? Nega Respublika darajasida bu tartib-tamoyilga amal qilinadiyu, mahalliy hokimliklar esa bunga amal qilmaydi?”, deydi Norboyeva.