“Non shahri” Toshkentda kuniga qancha non uvol bo‘ladi?
Jamiyat
−
12 Sentabr 2023 7129 1 daqiqa
Toshkent shahrida bir kunda 3 tonna non axlatga tashlanadi. Bu haqda shahar “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi bosh inspektori Ismoil Sagdullayevga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda poytaxtda eng ko‘p chiqindiga tashlanadigan mahsulot bu – non va oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Shuningdek, bu mahsulotlarni yildan yilga chiqindiga tashlash holatlari ortib bormoqda.
Xususan, Toshkent shahrida bir kunda 2 ming 300 tonna chiqindi yig‘ib olinsa, shundan 3 tonnaga yaqini nondan iborat.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi hisob-kitoblarda Toshkent shahrida har kuni 2 tonnaga, yiliga 730 tonnaga yaqin non mahsuloti chiqindiga tashlanishi ma’lum qilingan edi. BMT 2019 yilda taqdim etgan raqamlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilgan jami oziq-ovqat mahsulotlarining 1,64 milliard tonnasi (jami oziq-ovqat mahsulotlarining 31 foizi) chiqindiga aylangan. Ahamiyatlisi, yo‘qotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining faqatgina 25 foizi butun dunyodagi ochlik muammosini to‘liq hal qilishi mumkin.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr