Noma’lum shaxs Ukraina Prezidenti idorasi oldida o‘zini yoqib yubordi

Olam

image

Bugun, 26 fevral kuni noma’lum shaxs Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiyning idorasi oldida o‘zini o‘t qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Shu kuni Zelenskiyning ofisida shifokorlar mitingi bo‘lib o‘tdi. Ular kommunal notijorat korxonalarni optimallashtirish va qayta qurish niqobi ostida faoliyat olib borayotgan tibbiy muassasalariga qarshi chiqqan.

Ukrainaning "Direct" telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, bir erkak o‘zini shifokorlar namoyishi paytida yoqib yuborgan. Mitingda bo‘lganlar va politsiyachilar uni tezda tashqariga chiqarishgan. Hozirda u tirik va hushi joyida.

Ayni paytda o‘zini jurnalistlarga Sumi viloyatining fuqarosi Aleksandr Burlakov deb tanishtirgan kishi, miting ishtirokchisi emasligini va bir necha kundan buyon Zelenskiyning idorasida ekanligini aytdi. "Hokimiyat meni tinglamaydi", dedi u.

Burlakov mahalliy hokimiyat jamoatchilikka yer uchastkalarini taqsimlashga ruxsat bermaganiga qarshi norozilik bildirgan. "Men bu yerga birinchi marta kelmayapman. Men shunchaki eshitishlarini xohlayman", deya qo‘shimcha qildi u.

Hozirda Aleksandr Burlakov kasalxonaga joylashtirilgan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing