Noqulay ob-havo sabab MAK parvozlari kechiktirildi
Jamiyat
−
09 dekabr 2019
3194Toshkentda kuzatilgan noqulay ob-havo poytaxtga keluvchi va undan chiqib ketuvchi samolyotlar qatnoviga ta’sir qildi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ma’lum qildi.
“Yo‘lovchi va kutib oluvchilar uchun muhim ma’lumot! Avvalroq xabar qilganimizdek, tuman sababli ikkita aeroportlar havo kemalari qabuli uchun berkitildi va “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning bir nechta qatnovlari ushlanib qolmoqda”, deyilad MAK bayonotida.
Xususan, ob-havo quyidagi parvozlarga ta’sir qildi:
Namangan-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiluvchi HY-619 qatnovining uchishi 8 dekabr soat 19:15 dan 9 dekabr kuni soat 14:00 ga ko‘chirildi;
HY-606 (Moskva- Samarqand) qatnovining uchishi soat 01:25 dan 18:10 ga (9 dekabr) ko‘chirildi;
HY-42 (Samarqand - Toshkent) qatnovining uchishi soat 06:25 dan 10:00 ga (9 dekabr) ko‘chirildi, Toshkentga qo‘nish vaqti soat 10:40 da;
HY-95 (Toshkent - Namangan) qatnovining uchishi soat 08:35 dan 12:00 ga (9 dekabr) ko‘chirildi.
LiveBarchasi