“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun e’lon qilindi. Unda nimalar belgilangan?

Jamiyat

image

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun e’lon qilindi. U 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

“Norma”ning yozishicha, hujjat 2008 yilda qabul qilingan joriy tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun o‘rnini bosadi.

Qonunda quyidagi asosiy jihatlar tartibga solingan:

•    nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmatini ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish; nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik; insonning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi; nogironligi bo‘lgan bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatini va o‘z individualligini saqlab qolish huquqini hurmat qilish; ob’ektlar va xizmatlarning qulayligi; nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyat va davlatning haqtiga jalb etish prinsiplari;
•    sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va vakolatli organlarning vakolatlari: Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralaro kengash, shuningdek ularga ko‘mak ko‘rsatuvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va NNTlar;
•    nogironligi bo‘lgan shaxslarning bazaviy huquqlari: shaxsiy hayot daxlsizligi; oilaga va oila muhitiga bo‘lgan huquq; fuqarolik va erkin harakatlanish huquqi; uy-joyga bo‘lgan huquq; madaniy hayotgan ishtirok etishga, dam olishga va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan huquqi; davlat organlariga, tashkilotlaritga va ularning mansabdor shaxslariga murojaat qilish huquqi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ta’lim olishi, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligi masalalari alohida qayd etiladi;
•    davlat tomonidan berladigan kafolatlar: ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga rioya etgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish; transport vositalarining va yo‘l infratuzilmasining qulayligi, mehmonxona xonalarining qulayligi, axborotdan foydalanish;
•    fuqaroni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tartibi, uni yakka tartibda reabilitatsiya qilish hamda abilitatsiya qilish (jamiyatda hayot kechirishsha moslashish uchun organizmning mavjud bo‘lmagan yoki yo‘qotilgan funksiyalarini shakllantirish bo‘yicha tuzatish chora-tadbirlari kompleksi, tahr. izohi);
•    nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini saqlash, ularga ijtimoiy yordam va ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar (quyidagi jadvalga qarang). Bunda ijtimoiy yordam hokimiyatlar, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi organlari, boshqa davlat organlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining – sog‘liq saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari, xayriya va boshqa organlarning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va NNTlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashlari ishtirokidagi xulosalari asosida ko‘rsatiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam

•    pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar);
•    reabilitatsiya qilishning texnik vositalari, surdotexnika, tiflotexnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya moslamalari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytiruvchi apparaturlar va signalizatorlar, subtitrli yoki surdotarjimali videomateriallar, shuningdek avtomobillar bilan ta’minlash;
•    tibbiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy reabilitatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar va maishiy xizmatlar;
•    transport xizmatlari;
•    dori vositalari bilan ta’minlash.

Davlat zamonaviy protezno-ortopediya moslamalarini va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida reabilitatsiya qilish industriyasini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Shu jumladan ushbu sohada biznes uchun preferensiyalar belgilaydi.

Hisobot davri yakunlari bo‘yicha qaysi tadbirkorlik sub’ektining tushumi umumiy hajmining kamida 30%i nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun protez-ortopediya moslamalarini va anjomlarini ishlab chiqarishdan, shuningdek ularga ortopedik protezlash moslamalarini va anjomlarini ta’mirlash hamda xizmat ko‘rsatishdan kelib tushgan bo‘lsa, o‘sha tadbirkorlik sub’ekti quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

•    o‘zi kiritgan takliflar tanlov savdolari boshqa ishtirokchilarining takliflari bilan teng bo‘lgan taqdirda xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki ob’ektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra kontrakt tuzishga doir ustunlik;
•    davlat mulki ob’ekti uchun mazkur ob’ektning ijara haqi stavkasi eng kam miqdorining 50 foizii miqdorida ijara haqi to‘lash.


Maqola muallifi

Teglar

nogironlik

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing