Nodirbek Yoqubboyev Prezident sovrini uchun II Xalqaro musobaqasi g‘olibiga aylandi

Sport

image

Nodirbek Yoqubboyev shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun II Xalqaro musobaqasining  g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nodirbek 10 ta tur natijalariga ko‘ra, 7,5 ochko to‘plagan.

Ta’kidlash kerakki, Nodirbek Yoqubboyev O‘zbekistonning eng iste’dodli shaxmatchilaridan biridir. U 2016, 2018 va 2020 yillarda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida zafar quchgan. 2021 yilgi shaxmat bo‘yicha Jahon kubogining saralash bosqichida ishtirok etgan.

Yoqubboyev 28 iyulidan 10 avgustigacha Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida  zafar quchgan. U O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lgan edi. Nodirbek olimpiadada11 ta imkoniyatdan 8 ochko jamg‘argan. U shaxsiy ko‘rsatkichlar borasida ikkinchi doskada dona surgan shaxmatchilar ichidan olimpiadaning bronza medaliga loyiq ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Yoqubboyev 2002 yilning 23 yanvar kuni Xorazm viloyatida tug‘ilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Yoqubboev

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing