Nodirbek Abdusattorov jamoani qutqarib qoldi
Sport
−
20 Sentabr 2024 12877 1 daqiqa
Ayni kunlarda Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqaning 8-turida O‘zbekiston ayollar jamoasi amerikalik shaxmatchilarga to‘qnash keldi. Qizlar jamoasi 0,5 : 3,5 hisobida AQSHga yutqazdi.
Erkaklar terma jamoasi esa qiyin o‘tgan bahsda Serbiyani 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etdi. Jamoaning uch a’zosi durang natija qayd etdi. Hal qiluvchi bahsda Nodirbek Abdusattorov jamoa uchun muhim bo‘lgan g‘alabani olib keldi.
Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng amaldagi chempionlar, O‘zbekiston erkaklar jamoasi 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston jamoasi 8-turning barchasida g‘alaba qozonib kelayotgan Hindiston jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bundan avvalgi musobaqada aynan Hindiston ustidan qozonilgan g‘alaba o‘zbekistonliklarga bosh sovrinni olib kelgandi. 8-turdagi mag‘lubiyat sabab O‘zbekiston qizlar jamoasi 25-pog‘onaga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH jamoasining yetakchi shaxmatchilaridan biri o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston vakillariga qarshi bahsda ishtirok etishni istamagandi. Tohirjonova 1-taxtada o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova bilan bahs olib borishi kerak edi, biroq Tohirjonovaning o‘rnini jamoadoshi Karissa Shiven Yip egallagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025