Nodirbek Abdusattorov Erigaisini mag‘lub etdi, Javohir Sindorovda ham g‘alaba
Sport
−
22 yanvar 2023
9323Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tayotgan “Tata Steel Chess” xalqaro turnirida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisini qora donalarda mag‘lub etdi.
Ushbu g‘alaba orqali Nodirbek 7 ta o‘yindan 5.5 ball to‘plab, yakka peshqadamga aylanib oldi. Shuningdek, bugun Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Levon Aronyan bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov ushbu turnirning 5-tur o‘yinida Magnus Karlsenni mag‘lum etgandi.
Bundan tashqari, yana bir o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov “Challengers” guruhida g‘oliblik uchun kurash olib boryapti. U niderlandiyalik Elin Royebersga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozondi.
Sindorov bugun qora donalarda turkiyalik Mustafo Yilmazga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ma’lumot uchun, Javohir ushbu turnirda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
LiveBarchasi