Nodirbek Abdusattorov amaldagi Jahon chempionini mag‘lub etdi

Sport

image

O‘zbekistonlik 17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati doirasida dunyo shaxmatining bugungi kundagi qiroli va mutlaq Jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi. Musobaqa Polsha poytaxti Varshava shahrida blits va rapid yo‘nalishida o‘tkazilmoqda.

Turnirda sensatsiya qayd etgan Abdusattorov 10-turdan so‘ng, 8 ochko jamg‘argan holda Jahon chempionatida yaqqol peshqadamga aylandi.

U turnir davomida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Radoslav Voytashek, Boris Gelfandni mag‘lub etgan bo‘lsa, Jahon shaxmat toji uchun kurashda Karlsenga mag‘lub bo‘lgan rossiyalik Yan Nepomnyashiy va Aleksandr Grishuk bilan durang o‘ynadi.

Bunga qadar, Magnus Karlsen 7,5 ochko bilan birinchi o‘rinda borayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov Jahon chempioni Magnus Karlsen

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing