Nodirbek Abdusattarov reytingda Magnus Karlsenni ortda qoldirdi

Sport

image

Joriy yilning 28 iyul – 10 iyul kunlari Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

17 yoshli o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov olimpiadada dunyoning eng kuchli shaxmatchilari, jumladan norvegiyalik Magnus Karlsen, niderlandiyalik Anish Giri va amerikalik Fabian Karuanoni ortda qoldirib, olimpiada doirasida shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. 

Abdusattorov birinchi doskada 11 o‘yin o‘tkazib, yetti marta g‘alaba qozondi, uch marta durang o‘ynadi va bir marta mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa o‘zbekistonlik grossmeyster 2803 reyting ochkosi jamg‘ardi. Nodirbekdan faqat hindistonlik   (2867) Gukesh Dommarajmu o‘zib ketdi. Biroq o‘zaro uchrashuvda Abdusattorov Gukeshni mag‘lub etgan.

Shu bilan birga, Abdusattorov olimpiadada 2022 yil avgust holatiga ko‘ra jahon reytingining kuchli o‘ntaligidan o‘rin olgan shaxmat ustalarining barchasini ortda qoldirgan.

Nodirbekdan ortda qolgan shaxmatchilar orasida Magnus Karlsen (1 reytingdagi o‘rni) amerikalik Fabian Karuano, niderlandiyalik Anish Giri (9) va ozarbayjonlik Shaxriyor Mamedyorov (10) bor. Gukesh jahon reytingida 38-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston esa ushbu musobaqaga 2026 yilda mezbonlik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing