O‘zbek paxtasiga nisbatan “boykot” bekor qilinadi
Jamiyat
−
12 fevral 2020
8654O‘zbekistonda paxta sanoatida o‘zgarish bo‘ladi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
O‘zbek paxtasiga nisbatan "boykot"ni bekor qilishga qaratilgan Cotton Campaign bilan aniq choralar va hamkorlikdagi tadbirlar amalga oshiriladi.
Loyihaning bajarish muddati 2020 yil 1 mart etib belgilangan.
Unga ko‘ra, Cotton Campaign bilan hamkorlikda boykotni bekor qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilinadi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va AQSH bozorlariga tayyor tekstil mahsulotlarining kirishiga va eksportini kengaytirishga imkoniyatlar yaratish bo‘yicha choralarni ko‘rish nazarda tutilgan.
LiveBarchasi