NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji pasaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan boshlab respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan 3 baravarigacha, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytirildi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari kodeksini ishlab chiqish belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

boj nodavlat notijorat tashkilot

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing