Nistelroy faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
25 noyabr
1239“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Rud van Nistelroy Germaniyaning “Gamburg” jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlik qilmoqda. Bu haqda “Sky Germany” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Gamburg” bosh murabbiyligiga boshqa nomzodlar orasida paderbornlik Lukas Kvasnik, “Darmshtadt 98”da ishlagan Torsten Liberknext va Devid Vagnerlar bor.
Van Nistelroy futbolchilik faoliyati davomida “Gamburg” safida to‘p surgan. Nemis klubi tarkibida sobiq hujumchi 44 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.
Van Nistelroy o‘tgan yozda “Manchester Yunayted”ga murabbiy yordamchisi sifatida kelib qo‘shilgan edi. Erik ten Xag iste’foga chiqarilganidan so‘ng, 48 yoshli mutaxassis “qizil iblislar” jamoasida vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimini egalladi, biroq yaqinda portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim "qizil iblislar" postini qabul qilib olgach, niderlandiyalik mutaxassis ishsiz qoldi.
LiveBarchasi