Nissan o‘z emblemasini o‘zgartirdi
Texnologiya
−
20 mart 2020
9910Yaponiyaning Nissan avtomobil kompaniyasi o‘z logotipini o‘zgartirdi. Bu haqda “Motor” portali xabar bermoqda.
Emblema avvalgisining shaklini saqlab qoldi, ammo ayrim joylarida o‘zgarishlar kiritildi. Dizaynerlar markazdagi gorizontal chiziqni olib tashladi. Shunda logotip doirasining ikki cheti ochiq qoldi.
Hozircha ushbu yangi emblema ilk bor qaysi modelni bezashi haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Nissan Motor Co., Ltd jahondagi eng yirik avtokonsern hisoblanadi. Unga 1933 yilning 26 dekabr kuni asos solingan. Shtab kvartirasi Yaponiyaning Iokagama provinsiyasida joylashgan.