Toshkentda mashina yonib ketdi
3-sahifa
−
23 may 5034 1 daqiqa
Bugun, 23 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Nissan rusumli mashina yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 19:57 da tumanning Beshqayrag‘och ko‘chasida Nissan rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 20:00 da yetib borganida, haydovchi va boshqa fuqarolar tomonidan, birlamchi o‘t o‘chirish vositasi hamda suv yordamida yong‘in o‘chirilgani ma’lum bo‘lgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan BYD yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi