Nishonda Barsa va Bavariya futbolchilari. “Nyukasl” seleksionerlari ishga kirishdi

Sport

image

Avvalroq, “Nyukasl” germaniyalik Timo Verner (“Chelsi”) va fransiyalik Klemen Langle (“Barselona”) bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
 
“Oq-qoralar” saudiyalik investorlar tomonidan sotib olinganidan so‘ng, klub seleksionerlari tarkibni kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchini sotib olish niyatida.

Jurnalist Kristian Folkning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat “Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutinoga alohida qiziqish bildirgan va ayni damda shartnoma shartlari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, “Sen-Jeyms Park” egalari 2022 yilning yozida “Bavariya” himoyachisi Niklas Zyuleni olib kelishmoqchi, u mavsum oxirida erkin agentga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Stiv Bryus shogirlari APLning 7-turidan so‘ng, 3 ochko jamg‘argan holda 19-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Barselona Bavariya N'yukasl

Baholaganlar

61

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing