Nishon tumani hokimining birinchi “zami” fuqaro o‘limiga sabab bo‘lgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Nishon hokimining birinchi o‘rinbosari xizmat avtomobilida YTH sodir etib, 49 yoshli fuqaro o‘limiga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qarshi tumani IIB rahbarining Qashqadaryo IIB boshlig‘iga yo‘llagan axborotida aytilgan.

Hujjatda aytilishicha, voqea joriy yilning 30 iyul kuni soat tungi 23:50 da sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 23:50 larda, “Yangi Nishon” MFYda yashovchi Nishon tumani hokimining 1-o‘rinbosari, 1969 yilda tug‘ilgan Erkin Boboqulov o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Gentra rusumli avtomashinasini Qarshi shahar Katta xalqa yo‘li bo‘ylab, Nishon tumanidan Chiroqchi tumani tomon boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lda unga notanish bo‘lgan fuqaroni urib yuborib, YTH sodir etgan. Jabrlanuvchi vafot etgan.

Shahar IIB boshlig‘i yo‘llagan ma’lumotnomada ta’kidlanishicha, marhum Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filialiga shaxsi noma’lum murda sifatida olib borilgan. Tuman EKG katta eksperti E.Umrzoqov tomonidan murda yuz qismi foto suratga tushirilib, boshqarma EKM biometrik idintifikatsion bazasidan tekshirilganida Qarshi shahar “Aralovul” MFYda yashagan, oilali, sudlanmagan, mavsumiy ishchi, 1973 yilda tug‘ilgan Y.A. ekani aniqlangan.

Tekshiruvlar natijasida marhum Qarshi shahrida yashovchi mavsumiy ishchi Y.A. ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozircha viloyat IIB rasmiy ma’lumot bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

329

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing