Niko “Real”ga qarshi o‘yinda qatnashadimi? Gvardiola javob berdi
Sport
−
10 fevral 2025 2660 1 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Niko Gonsales “Real”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off o‘yinida maydonga tushishi haqidagi savolga javob berdi. Futbolchi Angliya kubogi 1/16 finalida “Leyton Oriyent”ga qarshi “shaharliklar” safidagi debyut uchrashuvida jarohat oldi.
“Niko “Real”ga qarshi o‘ynashiga umid qilaman. U jiddiy jarohat olgan. U o‘ynay oladimi yoki yo‘qligini hal qilish uchun qisqa vaqtimiz bor”, deydi Gvardiola.
“Manchester Siti" 4 fevral kuni Gonsalesning “Portu”dan o‘tganini e’lon qildi. “Shaharliklar” 23 yoshli yarim himoyachi uchun 60 million yevro to‘lagan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gvardiola “Manchester Siti”ning yetakchi futbolchilaridan biri Kevin de Bryuynega Germaniya chempionatidan o‘rinbosar topgani xabar qilingandi.