Nikimbayev xotiralari: Usmonov xato qilganmidi?
Sport
−
07 iyun 2019
10049O‘zbekistonlik mashhur futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida O‘FFning sobiq przidenti Mirabror Usmonov haqida xotiralarini yozib qoldirdi.
“Odatda, bizda muborak Hayit kunlarida odatda o‘tganlar yodga olinadi. Men bugun joriy yilning mart oyida olamdan o‘tgan O‘FFning sobiq prezidenti Mirabror Usmonovni xotirlashni xohlardim. Hammaga ham ma’lum bo‘lmagan ikkita faktni eslatib o‘taman:
1. O‘FFni 12 yil boshqargan Usmonov faoliyati davomida biror marta tashkilot hisobidan samolyotga chipta olmagan edi. U har doim chiptalarni o‘z hisobidan sotib olardi.
2. Usmonov dastlab, 2009 yilda O‘FF prezidentligidan ketishni xohlagan edi. Ammo, ikkinchi muddatga saylanishga majbur bo‘ldi.
2010 yilda esa uning o‘rnini egallashi uchun nomzod sifatida o‘sha vaqtdagi ayollar futboli assotsiatsiyasi rahbari Alisher Sultonov tanlangan edi.
Mirabror Zufarovich bu haqda birinchi marta 2010 yilning avgustida FIFA vakili Monika Shtaab bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qilgan edi.
2012 yilning bahorida esa Usmonov Alisher Sultonovni FIFA prezidenti Yozef Blatterga o‘zining vorisi sifatida tanishtirdi.
Kim biladi deysiz, agar o‘shanda Usmonov boshqaruvni topshirish rejalari amalga oshganda futbolimizda hozirgi inqiroz bo‘lmasmidi”, deb yozdi Alisher Nikimbayev o‘z telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
LiveBarchasi