Nikaragua O‘zbekistonga ilk elchisini yubordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nikaraguaning mamlakatdagi birinchi elchisi Tatyana Daniela Garsiya Silvani qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tomonlar ikki mamlakat munosabatlarida foydalanilmayotgan imkoniyatlarni o‘rganish mexanizmlarini muhokama qilgan.

“Tashqi ishlar vazirliklari aloqalarimizda, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan aniq natijalarga erishishda lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim. Elchi xonimga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Baxtiyor Saidov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Saidov yaqinda o‘z vazifasini bajarishga kirishgan, “Tolibon” tomonidan jo‘natilgan yangi elchi Abdul G‘affor Teraviyni qabul qilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchi Nikaragua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made