YTHlar YPX xodimi ishtirokisiz rasmiylashtiriladi
Jamiyat
−
13 fevral 2020
6465Endilikda yo‘l-transport hodisalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga asosan yo‘l-transport hodisalarini rasmiylashtirishning “Yevroprotokol” tamoyillariga asoslangan soddalashtirilgan tartibi 2020 yil 1 mayga qadar amaliyotga joriy etiladi.
Loyihalarda:
• yo‘l-transport hodisalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi va kelib chiqqan zararni to‘lash shartlari;
• yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilmasdan, bu haqdagi ma’lumotlar (shu jumladan, suratga yoki videoga olish orqali) uning ishtirokchilari tomonidan xabarnoma blankasida aks ettirilishi va sug‘urta tashkilotlariga taqdim etilishi;
• yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalari sug‘urtalovchilar talabiga ko‘ra ko‘rikdan o‘tkazish yoki mustaqil texnika ekspertizasi uchun taqdim etilishi;
• yo‘l-transport hodisasini ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish yuzasidan to‘lanadigan sug‘urta tovonining cheklangan miqdorini belgilash nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - IIV, Transport vazirligi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi.
LiveBarchasi