Nigeriyadagi qurolli hujumda 200 ga yaqin inson halok bo‘ldi
Olam
−
04 fevral 672 1 daqiqa
Bugun, 4 fevral kuni Nigeriyaning shimoliy-markaziy qismida joylashgan Kvara shtatida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida ko‘plab tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujum Niger shtati bilan chegaradosh bo‘lgan Vorodagi chekka qishloqda sodir bo‘lgan. Qurolli shaxslar qishloqqa bostirib kirib, uylar va do‘konlarni yoqib yuborgan. Bu joriy yil davomida hududda qayd etilgan eng halokatli hujumlardan biri hisoblanadi.
OAV xabarlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 162 nafarga yetgan. Rasmiylar esa “Reuters”ga qurbonlar soni kamida 170 kishini tashkil etishini aytgan. Ma’lum qilinishicha, ushbu hududda qurolli guruhlar tomonidan aholini o‘ldirish, o‘g‘irlash va chorva mollarini talon-taroj qilish holatlari so‘nggi vaqtlarda ko‘paygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Mayduguri shahrida joylashgan masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Jamshidbek Amirov
Live
Barchasi