Nigeriyada yonilg‘i tashuvchi tanker portladi. Qurbonlar bor
Olam
−
19 yanvar
2391Nigeriyada yonilg‘i tashuvchi tanker portlashi oqibatida 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi, kamida 56 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakatning Favqulodda vaziyatlar milliy agentligi xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, portlash chorrahada yuk tashuvchi yuk mashinasi YTHga uchraganida sodir bo‘lgan. Yonilg‘i tashuvchi tanker yon tomonga ag‘darilib ketgan.
Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng, yonilg‘i tankeri tarkibini boshqa transport vositasiga o‘tkazishga harakat qilingan, ammo yonilg‘i uzatish jarayonini quvvatlantirish uchun ishlatilgan generatorga tushgan va oqibatda portlash sodir bo‘lib, yong‘in boshlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar mahalliy aholi va atrofdagilardir. Mamlakatning Federal yo‘l xavfsizlik korpusi halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi avariya va benzin to‘kilishidan so‘ng yonilg‘i yig‘ish uchun voqea joyiga yugurib kelgan odamlar ekanligini aytdi. Yong‘in nafaqat yaqin atrofdagi avtomobillarni, balki uylarni ham qamrab olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda yonilg‘i tashuvchi tankerning avtobus bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgandi, 15 kishi jarohatlangandi.
LiveBarchasi