Nigeriyada mototsikldagi qurolli shaxslar 50 kishini o‘ldirdi

Olam

image

Nigeriyaning shimoli-g‘arbiy qismida mototsikldagi qurolli shaxslar kamida 50 kishini o‘ldirdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 19 fevral kuni Nigeriyaning shimoli-g‘arbiy Zamfara shtatidagi qishloqqa qurolli shaxslar kechasi hujum uyushtirgan. Oqibatda 50 kishi o‘lgan hamda ayollar va bolalarni o‘g‘irlab ketgan.

Hujum kechqurun boshlanib, ertalab Zamfaraning Bukkuyum hududidagi “Tungan Dutse” qishlog‘ida davom etgan. Qurolli odamlar mototsikllarda kelib, binolarga o‘t qo‘ygan.

“Ular bir qishloqdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishmoqda. Kamida 50 kishi halok bo‘ldi”, degan Bukkuyum Janubiy vakili bo‘lgan qonun chiqaruvchi Hamisu A Faru.

Qayd etilishicha, aholi hujumdan oldin ogohlantiruvchi belgilar bo‘lganini aytishgan. 41 yoshli Abdullohi Sani aytishicha, qishloq aholisi bir kun oldin qurolli odamlarni olib ketayotgan 150 dan ortiq mototsiklni ko‘rganlaridan keyin xavfsizlik kuchlarini ogohlantirgan. Ammo hech qanday choralar ko‘rilmagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Niger shtatining shimoli-g‘arbiy qismidagi Borgu hududida o‘tkazilgan reydlarda kamida 46 kishi halok bo‘lgandt. Xabarlarga ko‘ra, eng halokatli hujum “Konkoso” qishlog‘ida sodir bo‘lgan bo‘lib, u yerda kamida 38 kishi otib o‘ldirilgan yoki tomoqlari kesilgan holatda topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyaning shimolida sodir bo‘lgan avariya oqibatida kamida 30 nafar odam halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

hujum Nigeriya qurolli shaxslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing