Niger Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzdi
Olam
−
07 avgust 2024 4201 1 daqiqa
G‘arbiy Afrikadagi Niger davlati Ukrainani terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, Kiyev bilan diplomatik aloqalarni uzganini e’lon qildi. Bu haqda UNN xabar berdi.
Polkovnik Amadu Abdramanning ma’lum qilishicha, Niger harbiy xuntasi ham Ukrainaning “tajovuzkorligini” muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 5 avgust kuni Mali hukmron xuntasi Ukrainaning tuareg isyonchilari hujumiga aloqadorligi gumon qilinib, Kiyev bilan diplomatik munosabatlarni uzgan edi. Iyul oyining oxirida ular Mali hukumati qo‘shinlari va ular tomonida jang qilayotgan “Vagner” yollanma askarlarini mag‘lub etgan.
Avgust oyi boshida Senegal Tashqi ishlar vazirligi Malidagi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun Ukraina elchisini chaqirtirgan. Senegal elchining bayonotlarini terrorizmni oqlash deb hisoblashini aytgan.
Zumrad Zaripova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025