Niderlandiyaga borgan isroillik futbol muxlislari hujumga uchradi (video)
Sport
−
08 noyabr
8323Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahrida “Ayaks” va “Makkabi Tel-Aviv” jamoalari o‘rtasida Yevropa Ligasi doirasida o‘tkazilgan futbol uchrashuvidan so‘ng isroillik o‘nlab muxlislar hujumga uchradi. Bu haqda “Ynet” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, o‘yinni tomosha qilish uchun shaharga taxminan 3 ming isroillik borgan. “Makkabi” jamoasi 0:5 hisobida yutqazgan o‘yindan so‘ng, shaharning bir necha joyida isroillik muxlislarga noma’lum shaxslar hujum qilgan. Ushbu shaxslardan ba’zilari niqob taqqan bo‘lib, qo‘llarida Falastin bayroqlari va qurollar bo‘lgan. Hodisa bir necha isroillik muxlislarning ko‘chada osilgan Falastin bayrog‘ini yechib olganidan keyin sodir bo‘lgan.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi Niderlandiya hukumatiga tayanib, 10 kishi jarohat olgani va yana ikki kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan. Bedarak yo‘qolganlardan biri – Gay Avigdorning oilasi uning Londonda yashashi va do‘stlari bilan o‘yinni tomosha qilish uchun Amsterdamga borganini aytgan.
Niderlandiya politsiyasi shaharning markazida turli to‘qnashuvlar haqida bir necha xabarlar kelib tushganini bildirgan. Hodisada 57 kishi qo‘lga olingan, biroq ular haqidagi batafsil ma’lumot taqdim etilmagan. Politsiya vakillari Damm maydoni atrofidagi tartibsizliklar qisqa davom etgani va huquq-tartibot xodimlari yetib kelganida voqea tezda barham topganini ma’lum qilgan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Amsterdamdagi isroilliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha farmon chiqarib, ular uchun ikki samolyot jo‘natgan.
LiveBarchasi