Niderlandiyadan 4 ming yillik murdalar makoni topildi

Olam

image

Niderlandiyaning markaziy hududida ariqlar va qabristonlardan tashkil topgan 4 ming yillik makon topildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, kamida uchta futbol maydoniga teng bo‘lgan, tuproq va yog‘ochdan iborat mazkur ziyoratgoh quyosh nuriga qarab qurilgan. Imoratda maxsus yoriqlar bo‘lib, u yerdan kirgan quyosh nuri ostida qurbonliklar qilingan. Tadqiqotchilar u yerdan hayvonlar skeletlari, inson bosh suyaklari va bronzadan yasalgan nayzaning uchi kabi qimmatbaho buyumlarni topgan.

“Bu ziyoratgoh odamlarning yilning maxsus kunlarini kuzatish, marosimlarni bajarish va marhumlarni dafn qilish uchun juda muhim joy bo‘lgan bo‘lishi kerak. Yo‘llar bo‘ylab qator ustunlar joylashgan”, deyiladi mazkur hududdan 70 kilometr uzoqlikda joylashga Tiyel shahri munitsipalitetining bayonotida.

Ma’lumot uchun, 2017 yildan beri arxeologlar tomonidan ushbu joyni qazish paytida bir nechta qabr ham topilgan. Qabrlardan biridan shisha munchoq bilan ko‘milgan ayol jasadi topilgan. Bu Niderlandiyadan topilgan eng qadimgi munchoq bo‘lib, tadqiqotchilar ushbu hududdagi odamlar deyarli 5 ming kilometr uzoqlikdagi odamlar bilan aloqada bo‘lganini isbotlagan. Shuningdek, so‘nggi topilmalarning ba’zilari Tiyel shahridagi mahalliy muzeyda hamda Niderlandiya milliy qadimiy muzeyida namoyish etilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing