Niderlandiyada dunyodagi eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchi ushlandi

Olam

image

Niderlandiya politsiyasi kuni kecha, 24 yanvar kuni dunyoning o‘nlab davlatlarida qidiruvda bo‘lgan noqonuniy narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning rahbarini qo‘lga oldi. Ushbu jinoyatchi katta miqdorda giyoxvand moddalarning savdosi bilan shug‘ullangan, hamda jinoyat olamida“uchinchi raqamli og‘a” degan laqab bilan tanilgan.

Kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan Kanada fuqarosi Se Chi Lop Amsterdam aeroportida, Avstraliya hukumati iltimosiga binoan, maxsus reyd davomida qo‘lga olindi.

Sud so‘nggi yillarda Gongkong, Makao va Tayvandda yashagan Se Chi Lopni Avstraliyaga ekstraditsiya qilish masalasini ko‘rib chiqadi.

Avstraliya politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Se Chi LopOsiyo mintaqasidagi eng yirik kontrabanda bilan shug‘ullanuvchi jinoyatchi hisoblanadi. U yiliga 70 milliard dollarga yaqin giyoxvand moddalar aylanmasi bilan shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Niderlandiya

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing