Niderlandiyada aholi sonining o‘sishi sekinlashmoqda

Olam

image

2020 yilning birinchi choragida Niderlandiya aholisi 15 500 kishiga ko‘paydi. Bu 2019 yilning birinchi choragiga qaraganda taxminan 8 500 kishiga kam. Bu haqda 29 aprel kuni Markaziy statistika byurosi ma’lum qildi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, o‘sishning pasayishi qisman koronavirus inqirozga bog‘liq. Kasallikning tarqalishi sababli, o‘lim darajasi tug‘ilish ko‘rsatkichidan 3000 kishiga ko‘p bo‘lgan. Markaziy statistika byurosi aprel oyida ham o‘lim darajasi tug‘ilishdan yuqori bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Shunga qaramay, mamlakat aholisi sekin bo‘lsa ham o‘sib bormoqda, chunki mamlakatga kirayotganlar soni uni tark etayotganlarning sonidan oshib ketgan. Ushbu fakt, shuningdek, koronavirus bilan bog‘liq. Chunki, hozirda niderlandiyalik muhojirlarning katta oqimi o‘z vatanlariga qaytishmoqda.

Umuman olganda, Markaziy statistika byurosi koronavirus tufayli immigratsiya kamayishini bashorat qilmoqda. Biroq, ushbu hisob uchun yakuniy xulosa faqat aprel oyi uchun ma’lumotlar olinganidan keyin amalga oshiriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada koronavirus bilan bog‘liq 39 316 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 4 795 nafari esa vafot etgan. Sog‘ayganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Niderlandiya Koronavirus Niderlandiyada Aholi soni

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing