Niderlandiya MTJ mundialning “Feyr-pley” mukofotiga sazovor bo‘ldi
Sport
−
20 iyul 1231 1 daqiqa
Niderlandiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining “Feyr-pley” (Halol o‘yin) mukofotiga loyiq topildi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
2026 yilgi mundial finalida Ispaniya qo‘shimcha vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylandi.
Niderlandiya esa musobaqadagi ishtirokini 1/16 final bosqichida Marokashga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan holda yakunladi. Jamoa turnir davomida o‘tkazgan to‘rt uchrashuvda atigi uchta sariq kartochka oldi va shu ko‘rsatkich evaziga “Feyr-pley” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, “Feyr-pley” mukofoti Jahon chempionatlarida 1970 yildan buyon topshirib kelinadi. Shu vaqtga qadar Braziliya ushbu sovrinni to‘rt marta, Ispaniya va Angliya esa uch martadan qo‘lga kiritgan. Niderlandiya terma jamoasi esa o‘z tarixida ilk bor mazkur mukofot sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilgi Jahon chempionati Xalqaro futbol federatsiyasiga rekord darajada daromad keltirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust