Niderlandiya Bosh vaziri iste’foga chiqdi

Olam

image

Ksander van der Vulp Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi. Bu haqda kecha, 7 iyul kuni mamlakat Vazirlar Mahkamasi rahbari matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada “hukumat iste’fosi qirolga taqdim etiladi”. Hukmron koalitsiyaning qulashi migratsiya siyosatidagi kelishmovchiliklar bilan bog‘liq

“Bu juda xafa qiladigan siyosiy voqelik”, deydi Bosh vazir. 

Keyingi qadam yangi parlament saylovlarini o‘tkazish bo‘ladi. Ularning natijalari asosida yangi hukmron koalitsiya tuzilishi kerak. Bu sodir bo‘lmaguncha, amaldagi hukumat o‘z vazifalarini vaqtincha bajarishda davom etadi. 

Qayd etishicha, vaqtincha faoliyat yuritadigan hukumat Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. 

Oldinroq Niderlandiya radioeshittirish korporatsiyasi manbalarga tayanib, Niderlandiyaning hukmron koalitsiyasiga kiruvchi tomonlar boshpana izlovchilar oqimini kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani haqida xabar bergan edi. Ryutte boshchiligidagi Ozodlik va Demokratiya uchun xalq partiyasi ba’zi choralarni, jumladan, boshpana zanjirida keskin vaziyat yuzaga kelgan taqdirda urush qochqinlarining oila a’zolarining arizalarini to‘xtatib turish imkoniyatini ilgari surmoqda. Biroq, Xristian ittifoqi partiyasi odamlarning oilalarni birlashtirish huquqlarini cheklashga rozi bo‘lolmasligini aytdi. Bu g‘oya boshqa koalitsiya partiyasi – Demokratlar-66 tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. 

Qirol Villem-Aleksandr ta’tilda. Uning iste’fosini shaxsan qabul qilish uchun Gaagaga qaytib keladimi yoki bu boshqa shaklda amalga oshiriladimi, noma’lumligicha qolmoqda. 

Niderlandiyada amaldagi hukmron koalitsiya 2022 yil boshida 299 kun davom etgan muzokaralardan so‘ng tuzilgan, bu tarixdagi eng uzun koalitsiya. Ba’zi kuzatuvchilarga ko‘ra, Ryutte bu holatda ataylab qarama-qarshilik kursini oldi.  

“Bu nikoh hech qachon baxtli bo‘lmagan. Vazirlar Mahkamasi o‘ta uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng tuzilgan va avvalroq uning qulashiga faqat Ukrainadagi mojaro to‘sqinlik qilgan”, deya sharhlaydi NTK sharhlovchisi Ksander van der Vulp


Maqola muallifi

Teglar

Niderlandiya Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing