Niderlandiya ham Ukrainaga qiruvchi samolyotlar partiyasini berdi

Olam

image

Ukraina Niderlandiyadan F-16 qiruvchi samolyotlarining ikkinchi partiyasini oldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Rustam Umarov ma’lum qildi.

“Havo hujumidan mudofaa kuchlari uzoq kutilgan kuchaytirilishni oldi – dastlabki fransuz qiruvchi samolyotlari Mirage 2000 va Niderlandiya Qirolligidan F-16. Zamonaviy jangovar samolyotlar allaqachon Ukrainada va tez orada jangovar topshiriqlarni bajarishga kirishadi. Niderlandiyaning yordami bizni g‘alabaga yaqinlashtiruvchi va Ukraina shaharlari hamda fuqarolarining ishonchli himoyasini ta’minlovchi yana bir muhim qadam”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, u Fransiyaga Mirage qiruvchi samolyotlarini taqdim etgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, Belgiya, Daniya, Niderlandiya va Norvegiya Ukrainaga jami 79 ta F-16 qiruvchi samolyotini berishga rozi bo‘lgan. Niderlandiya 24 ta samolyotni topshirishni va’da qilgan, chunki mamlakat F-35 qiruvchi samolyotlariga o‘tishi munosabati bilan ularga ehtiyoj sezmaydi. Ushbu mamlakatdan ilk samolyotlar Kiyevga o‘tgan yilning iyul oyida yetib kelgan. “Times” nashriga ko‘ra, o‘shanda olti qiruvchi samolyot topshirilgan. 2024 yil dekabr oyining boshida esa Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Daniyadan kelgan ikkinchi partiya F-16 samolyotlari haqida xabar bergan, ammo qancha samolyot yetkazib berilgani ochiqlanmagan. Lekin 2024 yil davomida Ukraina jami 20 ta qiruvchi samolyot olishini kutayotgandi. Niderlandiya, shuningdek, ukrainalik uchuvchilarga F-16 samolyotlarida uchishni o‘rgatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Kiyevga Mirage 2000 qiruvchi samolyotlar yetkazib berilgani haqida ma’lum qilgan edi. Ukraina fransuz qiruvchi samolyotlarini uzoq masofali Storm Shadow raketalarining tashuvchisi sifatida ishlatish ehtimoli ilgari surilmoqda. Ukraina armiyasi bunday raketalar yordamida Rossiya hududining ichkarisiga zarbalar bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qiruvchi samolyot Ukraina F-16 Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing