Nihoyat Ikardi asosiy tarkibga qaytmoqda

Sport

image

“Inter” hujumchisi Mauro Ikardi 2 oylik tanaffusdan so‘ng asosiy tarkibga qaytmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti unini “Jenoa”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritdi.

“Mauro qaydnomada. Marotta tufayli ikkala tomon virtual emas, haqiqiy muzokaralarda ishtirok etdi. Demak, Ikardi jamoaga yordam bera oladi. U asosiy tarkibda maydonga tushadi”, deb aytib o‘tgan Spalletti.

Ikardi xotini Vanda Nara hamda “Inter” o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli 9 fevraldan beri maydonga tushmayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mauro Ikardi Inter

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing