Nihoyat bezori futbolchilarga qamoq jazosi tayinlandi
Olam
−
09 may 2019
6950Joriy yilning 8 may kuni Moskva shahrining Presnenskiy tuman sudi Rossiya terma jamoasi futbolchilari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevga qamoq jazosini tayinlaganini RIA Novosti nashri ma’lum qildi.
Sud jarayonida prokuror Svetlana Tarasova Kokoringa 1 yilu 6 oy, Mamayevga esa 1 yil 5 oy muddatga qamoq jazosi berilishini talab qildi. Sud ham futbolchilarni ommaviy bezorilik va shaxslarga jismoniy jarohat yetkazish bo‘yicha aybdor deb topdi va prokurornining talabi qondirildi. Sud hukmiga ko‘ra, futbolchilar jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydilar.
Shuningdek, sud boshqa ayblanuvchilar Kirill Kokoringa 1 yil 6 oy va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiyga 1 yil 5 oy qamoq jazosi tayinlandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida futbolchilar Moskva shahrida ikkita janjalga aralashib qolgan edi. Birinchi janjal “Birinchi kanal” boshlovchisi Vitaliy Solovchuk bilan yuz bergan bo‘lsa, ikkinchisida esa, jabrlanuvchilar Savdo-sanoat departamentining temir yo‘l va avtosanoat departamenti boshlig‘i Denis Pak va Sanoat Boshqarmasi direktori Sergey Gaysinlar bo‘lgan.
LiveBarchasi