Nihoyat! “Barselona” Koutinoni “Aston Villa”ga pulladi

Sport

image

“Barselona” rasmiy sayti yarim himoyachi Filippe Koutino transferi bo‘yicha “Aston Villa” bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi. Braziliyalik futbolchi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Angliya klubida o‘tkazadi. Ijara uchun to‘lov miqdori ma’lum qilinmagan.

Qayd etilishicha, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib, ruxsatnoma olganidan so‘ng transfer to‘liq amalga oshiriladi. Ijara sotib olish opsiyasini o‘z ichiga oladi. “Ko‘k-anorranglilar” Koutino oladigan maoshning bir qismini to‘laydi. Filipp 48 soat ichida Birmingem shahriga yetib boradi.

Koutino 2013-2015 yillarda birmingemliklar bosh murabbiyi Stiven Jerrard bilan birga “Liverpul” sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Koutino 2018 yilning yanvarida 135 million yevro evaziga “Liverpul”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi. Braziliyalik yarim himoyachi Ispan klubi safida 106 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urgan va 14 ta golga hammualliflik qilgan. 

Yarim himoyachining jamoa bilan shartnomasi 2023 yilda o‘z yakuniga etadi. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra Koutinoning transfer narxi 18 million yevroga baholangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Filippe Koutin'o Aston Villa

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing