Neymar va “Barselona” 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib oldi
Sport
−
25 iyun 2019
5208Braziliyalik futbolchi Neymar “Barselona” klubi bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda ispan nashrlari tomonidan tarqatilgan xabarlarga tayanib “Football.ua” nashri ma’lum qildi.
“Barselona”ga qaytishni juda qattiq xohlayotgan hujumchi hatto klub prezidenti Xosep Maria Bartomeu tomonidan taqdim etilgan shartnoma shartlarini ham muhokama qilib o‘tirmagan. Ma’lum qilinishicha, Neymar “Barselona”da 24 mln yevro ishlab topadi. Eslatib o‘tamiz uning PSJdagi yillik maoshi 36 mlnni tashkil etar edi.
Neymar Kataloniyaga qaytish uchun klubga qarshi ochgan da’vo arizasini bekor qilishiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumot uchun, Neymar 2016 yilda “Barselona” bilan shartnomani uzaytirgani uchun 26 mln yevro tal qilayotgan edi.
LiveBarchasi