Neymar uchun mavsum erta yakunlandi

Sport

image

PSJ hujumchisi Neymar to‘pig‘idan jarohat oldi va u mavsum oxirigacha maydonga tushmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Neymar 19 fevral kuni Fransiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Lill”ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida (4:3) jarohat olgandi. 

Futbolchi tez orada operatsiya qilinadi. Taxminlarga ko‘ra, Neymar operatsiyadan keyin kamida uch oy o‘tib umumiy mashg‘ulotlarga kirisha oladi.

Neymar 31 yoshda, 2017 yilda u Ispaniyaning “Barselona”sidan 222 million yevro evaziga Fransiyaning PSJ klubiga o‘tgandi. Braziliya terma jamoasi tarkibida u 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogi va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan. 

Joriy mavsumda Neymar PSJ safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing