Neymar PSJning yuragi, men esa unga yordamchi – Mbappe
Sport
−
02 fevral 2021 3398 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Mbappe jamoadoshi Neymar haqida gapirdi. Bu haqda AS nashri yozmoqda.
“Neymar maydonda hamma narsaga qodir. U dunyodagi eng zo‘r o‘yinchi. Neymar Parijga kelganidayoq, biz uning nimalar qila olishini angladik. Neymar hamma narsani tushunadi.
Har doim buyuk futbolchilar birgalikda o‘ynash uchun yaralgan deb hisoblaganman va bu bizga nisabatan ham to‘g‘ri keladi. PSJga kelganimda bizning maqomlarimiz o‘rnatildi: Neymar loyihaning yuragi, men esa unga yordamchi. Buning sababi, PSJga kelganimda men endi o‘sib borayotgan yulduz edim va buni maydonda tasdiqlashim kerak edi”, deydi Mbappe.
Ma’lumot o‘rnida, Kilian 2017 yildan buyon PSJ safida harakat qilib kelmoqda, avvalgi klubi “Monako” edi. Ushbu mavsumda forvard Fransiya chempionatida 18 uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol va 6 ta golli uzatma berdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr