Neymar PSJni tark etadimi?

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar jamoadan qachon ketishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda u “Cazye” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, braziliyalik futbolchi muxlislari bilan o‘rtasidagi munosabati unchalik yaxshi bo‘lmasa ham shartnomasi yakunlangunicha jamoada qoladi.

“PSJda qolishga umid qilaman. Muxlislar meni sevadimi yo‘qmi, men shu yerda qolmoqchiman. Mening shartnomam bor va hech kim menga hech narsa deya olmaydi”, deydi Neymar.

Gap shundaki, joriy yilning may oyida PSJ muxlislari klub hujumchisi Neymarning uyi oldida norozilik namoyishi uyushtirib, uning jamoadan ketishini talab qilgan. Shuningdek, parijlik ishqibozlar PSJ rahbariyati qarorgohi oldida ham jamoa tarkibini o‘zgartirishni talab qilib norozilik bildirgan. Ular Neymar, jamoaning sobiq hujumchisi Lionel Messi, sobiq bosh murabbiy Kristof Galte va prezident Nosir Al-Xelayfiyni haqorat qilgan.

Ma’lumot uchun, Neymar 2017 yildan beri PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. Mutaxassis va klub o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Braziliyalik hujumchi 2022/2023 yilgi mavsumda Fransiya 1-ligasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing