Neymar qachon terma jamoaga qaytadi?
Sport
−
31 Oktabr
664“Al-Hilol” va Braziliya terma jamoasining 32 yoshli chap qanot himoyachisi Neymar 2025 yilgacha terma jamoa qaydnomasiga kiritilmaydi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi
Manbaga ko‘ra, tizzasidan olgan og‘ir jarohati tufayli bir yillik mashg‘ulotdan zo‘rg‘a forig‘ bo‘lgan Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytishi mumkin edi, ammo federatsiya futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qildi. Qanot futbolchisi kelasi yilning mart oyida Kolumbiya (20 mart), keyin esa Argentina (25 mart) bilan o‘yinda yana terma jamoa libosida maydonga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasini joriy yilda 2 ta o‘yin kutib turibdi. Besh karra jahon chempionlari noyabr o‘rtalarida Venesuela (14 noyabr), keyin esa Urugvay (20 noyabr) bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar jarohatidan to‘liq qutulgani xabar qilingandi. U 2023 yil oktyabr oyida Urugvayga qarshi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida tizzasidan jarohat olgan edi.