Neymar Braziliya terma jamoasiga kiritilmadi
Sport
−
10:20 932 1 daqiqa
Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Braziliya terma jamoasining mart oyidagi xalqaro tanaffus uchun yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘ngi o‘yinlarda yaxshi formada bo‘lib turgan va bir qator OAV tomonidan yig‘inga jalb qilinishi kutilgan Neymar tarkibdan chetda qoldi. Bu “Santos”ning yulduzi uchun mundialga boruvchi tarkibdan joy olish uchun so‘ngi imkoniyatlar bir bo‘lishi mumkin edi, sababi shundan so‘ng xalqaro tanaffus yo‘q. Endi jamoalar faqat Jahon chempionati oldidan yig‘iladi.
Braziliya terma jamoasi mart oyidagi yig‘in doirasida AQSHda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ulardan bir joriy yilning 26 mart kuni Fransiyaga, 31 mart kuni esa Xorvatiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun safar liboslarini taqdim etgan edi.
Live
Barchasi