Braziliya mundial uchun safar libosini taqdim etdi
Sport
−
13:10 663 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatida kiyadigan safar libosini namoyish etdi. Bu haqda Braziliya futbol federatsiyasi rasmiy sahifalarida xabar berdi.
Karlo Anchelotti boshchiligidagi terma jamoaning asosiy liboslari “Nike” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa, safar liboslari “Jordan” logosida namoyish etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu brend tarixda ilk marta xalqaro futbolda ishlatilmoqda.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi joriy yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalari bilan birga “C” guruhidan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya terma jamoasi yulduzi Neymar mart oyida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanaffusda terma jamoaga chaqirilishi haqida xabar berilgan edi.