Neymar “Bavariya”ga qarshi o‘yingacha tiklanib ulguradimi?
Sport
−
20 fevral 2023
373119 fevral kuni jarohat olgan PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar “Bavariya” bilan UEFA Chempionlar ligasi javob o‘yinigacha tiklanishga ulgurishi mumkin. U Fransiya chempionatida “Lill”ga qarshi o‘yinda (4:3) jarohatlangan edi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Neymarning tiklanish vaqti 2-3 haftani tashkil qiladi. Aynan shu davolanish davrida futbolchining keyingi o‘yinga maydonga tushish yoki tushmaslik masalasi muhokama qilinadi. “Bavariya” - PSJ o‘yini 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Lill”ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida braziliyalik futbolchi raqib himoyachisi Fonte bilan to‘qnashib, jarohat olgandi. 51-daqiqada hujumchini zambilda maydondan olib chiqishdi. Uning o‘rniga Ugo Ekitike maydonga tushdi.
Kecha PSJ Neymarni MRTdan o‘tkazgani haqida xabar bergan edi. Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, futbolchi jiddiy jarohat olmagan.