Qoraqalpog‘istonda buxanka narxi nazoratda olindi
Jamiyat
−
09 noyabr 2019
5776O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va ayrim viloyatlardagi qolipli non narxini o‘rganib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan edi.
Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida qolipli non narxini 2500 so‘mdan sotilayotgani to‘g‘risidagi xabarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi mutasaddi rahbarlari befarq qaramagan holda butun respublika hududida qolipli non narxini 1500 so‘mdan sotilishi nazoratini qo‘lga oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan nonlarning narxlari bugungi kun holatida 1400-1500 so‘mdan barcha turdagi iste’molchilarga pul ko‘chirish va turg‘un savdo shaxobchalari orqali yetkazib berilmayotgani haqidagi “O‘zdonmahsulot” AKning QALAMPIR.UZ’ga yo‘llagan bayonotini e’lon qilgan edik.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi