Nexia'ga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 18 mart kuni Qashqadaryo viloyatidagi Beglamishsoy qishlog‘i hududida mashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyatning Chiroqchi tumanida yashovchi T.D. o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini Beglamishsoy qishlog‘i hududida haydab ketayotgan vaqtida avtomashina yukxonasiga o‘rnatilgan 100 litr sig‘imli gaz balloni portlab ketgan.

Natijada avtomashina haydovchisi va uning yo‘lovchisi 37 yoshli G‘.B. jarohat olib, shifoxonaga keltirilgan. Biroq yo‘lovchi vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qashqadaryo viloyati gaz balloni

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing