Netflix dunyo bo‘ylab parol almashishga chek qo‘ymoqchi
Texnologiya
−
20 iyul 2023
3902Striming giganti Netflix millionlab obunachilari bor mamlakatlarda parol almashishni to‘xtatmoqchi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Netflix pandemiyadan buyon daromadlarini oshirish maqsadida butun dunyo bo‘ylab parol almashishga qarshi kurashmoqda. Kompaniyaning talablariga ko‘ra, bitta akkauntdan faqat bir uyda yashovchi odamlar foydalanishi kerak. Ammo ko‘plab davlatlarda qoidalar buzilgan.
May oyida striming platformasi bir qancha mamlakatlarda, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi yirik bozorlarda parol almashishga cheklov qo‘ygan. Endi kompaniya Hindistonda ham yangi qoidalarini kuchga kiritmoqchi. Bunga sabab Netflix ushbu davlatlarda o‘zining “pullik almashish” dasturini joriy qildi va bundan qo‘shimcha foyda ko‘rdi.
Netflix`ning ta’kidlashicha, standart obunadan arzonroq bo‘lgan bunday yangi tariflar mijozlarni o‘ziga jalb qiladi. Dasturga ko‘ra, agar foydalanuvchilar o‘z uylaridan tashqaridagi odamlar bilan parollarni baham ko‘rishni istasa, qo‘shimcha haq to‘laydi.
Qizig‘i shundaki, kompaniya parol almashishga cheklov qo‘yishni boshlaganidan so‘ng, uning obunachilari soni keskin ortgan. Xususan, mart oyidan buyon 5,9 million obunachi patformaga qo‘shilgan. Bu iyun oyi hisobotiga ko‘ra, 238 million foydalanuvchini tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Gollivudning ko‘plab kinostudiyalari qatori Netflix ham aktyorlarga ko‘proq haq to‘lash va suratga olish jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish masalalari bo‘yicha Amerikalik aktyorlar uyushmasining so‘rovini rad etgandi.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi