Netflix Amir Temur haqida film suratga oldi
Madaniyat-san’at
−
23 may 2025 19557 1 daqiqa
Netflix striming platformasi Amir Temurning hayoti va hokimiyatdagi yo‘lini hikoya qiluvchi tarixiy drama – “Temur: So‘nggi g‘olibning yuksalishi” nomli filmni suratga olish ishlarini to‘liq yakunladi. Bu haqda filmning Instagram sahifasida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu asar buyuk sarkardaning shonli yuksalish tarixini aniqlik va o‘sha davr muhitiga alohida e’tibor bilan namoyon etadi.

“Biz mintaqaning eng muhim shaxslaridan biri hayotini aynan u yashagan va jang qilgan yerda aks ettirdik. Bu suratga olish jarayoni uchun bebaho imkoniyat bo‘ldi”, deya izoh bergan film mualliflari.

Ma’lumot uchun, uning rejissyori Jeykob Shvars, ssenariy muallifi esa Metyu Grin. Amir Temur rolini amerikalik aktyor Kristian Mortensen, Amir Husaynni Mahesh Jadu, Temurning rafiqasi O‘ljoy rolini esa Yulduz Rajabova ijro etgan.



Loyihaga 2022 yil oxirida start berilgan. Tasvirga olish ishlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan. Hozirda film postprodakshn bosqichida. Uning premerasi joriy yil yozining oxirida bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 oxirida Netflix kompaniyasi Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan to‘liq metrajli film suratga olishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025